«Barselona» de Yongning kelajagi bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda

«Barselona» yarim himoyachi Frenki de Yongning kelajagi uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Klubdagi vaziyatni baholashda niderlandiyalik futbolchining yuqori maoshi hisobga olinadi. De Yong yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin, ammo yakuniy qarorni futbolchining o‘zi hal qiladi. Bularning barchasi haqida AS nashriga tayanib, Transfer News Live xabar bermoqda.

Oldinroq «Barselona» prezidenti Joan Laporta de Yong klubidagi ro‘yxatini o‘zgartirishni rejalashtirmayotganini aytgandi.

Frenki de Yong 26 yoshda. Yarim himoyachi «Ayaks»dan o‘tganidan so‘ng 2019 yilning yozidan buyon «Barselona»da o‘ynamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter