Luis Enrike final oldidan Donnarummaning holati haqida ma’lumot berdi

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan «Inter»ga qarshi o‘yin oldidan jamoa darvozaboni Janluiji Donnarumma haqidagi savolga javob qaytardi.

Italiyalik darvozabon oldingi bosqichlarda jamoaning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi.

«Bunday darajada harakat qilayotgan har bir kishi shuni tushunishi kerakki, zavq-shavq doimiy ravishda shafqatsiz tanqid bilan almashinib turishi mumkin. Donnarumma katta tajribaga ega, biz jamoadagi barcha kabi undan juda mamnunmiz. O‘ylaymanki, bu mavsumda biz ancha kuchliroq bo‘ldik,» – dedi Enrike matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter