Luis Enrike Donnarummani himoya qildi
«PSJ» darvozaboni Janluiji Donnarumma «Bavariya» vakili Jamal Musiala og‘ir jarohatida ayblanib, tanqidlarga uchradi. Germaniyalik futbolchi «PSJ»ning italiyalik futbolchisi bilan to‘qnashuvdan so‘ng jarohat oldi. Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Donnarummaning himoyasiga o‘tdi.
«Jiji bilan tanish bo‘lganlarning hammasi uning naqadar mehribonligini bilishadi. Futbol jarohatlar muqarrar bo‘lgan sport turi. Jiddiy jarohatlar futbol jarayonining ajralmas qismidir. Ko‘rinib turibdiki, Donnarumma tomonidan hech qanday yomon niyat bo‘lmagan. Jiji juda xafa bo‘ldi. U allaqachon Musiala bilan bog‘langan, biz uning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz,» – dedi Enrike jurnalistlarga.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida «PSJ» «Real»ga qarshi bahs olib boradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/