«Milan» BMW bilan hamkorlikni uzaytirdi
«Milan» va BMW kompaniyasi 2021 yilda boshlangan hamkorlikni rasman uzaytirdi.
Hamkorlikning oldingi yillarida «Milan» BMW kompaniyasining ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ECG) tashabbuslarini, xususan, «+Divercity» kampaniyasi va «BMW in Tour» loyihasining dastlabki ikki bosqichini faol qo‘llab-quvvatlagan.
Kelgusi mavsumda «Milan» va BMW sport va avtomobil innovasiyalari muxlislarini jalb qilish va ilhomlantirishga qaratilgan tadbirlar va tashabbuslar ustida birgalikda ishlashni davom ettiradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/