Benzema yangi mashina xarid qildi
«Al-Ittihod» hujumchisi Karim Benzema o‘zini yangi mashina bilan siylashga qaror qildi.
Fransiyalik futbolchi BMW M5 avtomobilining faxrli egasiga aylandi. Daily Mail xabariga ko‘ra, Benzema mashina uchun taxminan 165 ming yevro sarflagan.
Bu xarid forvardning hamyoniga unchalik ta’sir qilmadi, chunki u yarim kundan sal ko‘proq vaqt ichida bunday pulni tezda ishlab topadi.
BMW sotib olgandan keyin Karimning kunlik maoshidan 110 ming yevroga yaqin puli qolgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/