Moyze Kin «Al-Hilol»ning yirik taklifiga javob berdi

«Fiorentina» hujumchisi Moyze Kin Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tishni istamayapti. Saudiya klubi unga yiliga 20 million yevro to‘lashga tayyor edi, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, «Fiorentina» Kin bilan yangi besh yillik shartnoma imzolab, uning maoshini 4,5 million yevroga oshirishni taklif qilgan. Muzokaralar 17-18 iyul kunlariga mo‘ljallangan. 15 iyulga qadar 52 million yevrolik tovon puli bor, biroq futbolchi Yevropada qolishni istamoqda.

«Fiorentina»da 25 yoshli futbolchi 44 ta o‘yinda 25 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter