Roy Kin: «MYU» har hafta Xyoylund bilan o‘ynashga majbur»

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Roy Kin klubning daniyalik hujumchisi Rasmus Xyoylundning so‘nggi o‘yinlardagi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi beshta uchrashuvda forvard beshta gol urgandi.

«Xyoylund cho‘qqiga chiqdi, bu uchun unga bir necha oy kerak bo‘ldi. U yanada xotirjam va o‘ziga ishongan bo‘ldi. Ishonamanki, u har safar maydonga tushganida: «Men «Manchester Yunayted» uchun gol uraman», deb o‘ylaydi. U yaxshi formaga tushib oldi. Murabbiy u bilan haftadan hafta o‘ynashga majbur – bu ko‘p yordam beradi», – dedi Kin.

21 yoshli Xyoylund 2023 yilning yozida 73,9 million yevro evaziga “Atalanta”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda forvard «qizil iblislar» safida barcha turnirlar doirasida 29ta o‘yin o‘tkazib, 11ta gol va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter