Kurtua: «Janluidji aybdor emas, bu omadsizlik»

Tibo Kurtua Jamol Musialaning jarohatida Janluidji Donnarumma aybdor deb hisoblamaydi.

Bir kun avval klublar o‘rtasidagi jahon chempionati chorak finalida «PSJ» «Bavariya»ni mag‘lub etdi (2:0). Birinchi bo‘lim oxirida Musiala «PSJ» jarima maydonchasida Donnarumma bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng to‘pig‘idan jiddiy jarohat oldi.

«Musialaning jarohati uchun Donnarummani ayblash ortiqcha, deb o‘ylayman. Darvozabonlar to‘p uchun harakat qilishadi. Hujumchilar ham bizga to‘qnashganda o‘zlarini ushlab qolishmaydi.

Bu omadsizlik. Donnarumma bundan juda xafa, lekin bu uning aybi emas”, – dedi “Real” darvozaboni.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter