«Chelsi» bosh murabbiyi mavsumni baholadi
«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalidan o‘rin olgan «Fluminense»ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Londonliklar har bir bo‘limda bittadan gol urishdi – yangi o‘yinchi Joao Pedro dubl qayd etdi.
«Ajoyib yutuq. Biz ajoyib mavsumni o‘tkazdik: Premyer-ligada to‘rtlikdan joy oldik, Konferensiyalar Ligasida g‘alaba qozondik, endi esa klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqdik. Biz juda, juda baxtiyormiz. Oldinda so‘nggi o‘yin bor – umid qilamanki, biz turnirda g‘alaba qozona olamiz,» – dedi Mareska DAZN bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/