Mareska «Chelsi»ni kutmoqda
Enso Mareska «Lester»ni yana Premyer-ligaga qaytardi, bu esa ancha kuchli klublarning e’tiborini tortdi. 44 yoshli mutaxassis «Sevilya»dan tushgan taklifni allaqachon rad etgan, uning ustuvorligi – Premyer-ligada ishlash.
Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, hozirda Mareska muzokaralardan so‘ng «Chelsi»ning qarorini kutmoqda. “Lester” ham London klubining navbatdagi qadamini kutmoqda. Ensoning amaldagi shartnomasida 10 million yevroga sotib olish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Enso Mareska avvalroq “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaning murabbiylar shtabida ishlagan. Yosh murabbiy o‘tgan yozda “Lester”ni qabul qilib olgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/