«Chelsi» bosh murabbiyi Sanchoning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan vinger Jeydon Sanchoning kelajagi haqida gapirdi.

«Hozirda bizga gol va golli uzatma kerak. Sanchoning kelajagi haqida esa umuman o‘ylamayman. Men faqat mavsumni juda kuchli tarzda yakunlash uchun futbolchilardan qanday qilib eng yaxshi o‘yinni talab qilishni o‘ylayapman», dedi Mareska.

Jeydon joriy mavsumda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter