Mareska finaldagi ehtimoliy raqiblar haqida fikr bildirdi
Londonning «Chelsi» klubi Braziliyaning «Fluminense» klubini mag‘lub etib (2:0), klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ilk finalchisiga aylandi.
Yarim finalda «ko‘klar»ga jamoadagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazgan hujumchi Joao Pedroning dubli g‘alaba keltirdi. 13 iyul kuni londonliklar finalda Madridning «Real» yoki «PSJ» jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
«Finaldagi potensial raqiblarimizning ikkalasi ham top-darajadagi jamoalardir. «PSJ» bu mavsumda, «Real» o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgandi. Juda kuchli raqiblar, ammo biz finalga chiqqanimizdan xursandmiz va muvaffaqiyatimizdan faxrlanamiz,» – dedi Mareska DAZN bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/