Andre o‘z orzusini aytdi
«Fluminense» va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Andre Angliya premyer-ligasida o‘ynashni xohlashini tan oldi.
22 yoshli futbolchiga “Liverpul”, Londonning “Arsenal” va Yevropa futbolining boshqa gigantlari qiziqmoqda.
«Fluminense» klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqqanidan so‘ng, yarim himoyachi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
«Men Premyer-liga o‘yinlarini tomosha qilaman va mening katta orzuim bir kun kelib u yerda o‘ynash. Endi bor e’tiborimni “Fluminense” bilan mavsumni ijobiy yakunlash va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘oliblik uchun kurashishga qaratganman.
Ammo kelajakdagi orzuim – Premyer-ligada o‘ynash», – deya Andrening so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/