“Borussiya D” himoyachisi Fransiya chempionatiga yo‘l oldi
“Strasburg” Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy himoyachisi Sumoil Kulibalini sotib oldi.
Qayd etilishicha, yosh himoyachi Fransuz klubi bilan 2029 yilning yozigacha bitim imzolagan.
Futbolchi ham avvalroq «PSJ» tizimining bir qismi bo‘lgan va 2021 yilning yozida u Bundesliga klubiga o‘tdi.
Kulibali aynan dortmundliklar safida professional faoliyatini boshladi. O‘tgan mavsumni Fransiyaning “Brest” jamoasida ijara asosida o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/