“Borussiya” yangi homiy bilan shartnoma imzoladi

“Rheinmetall” mudofaa konserni Dortmundning “Borussiya” klubi hamkoriga aylandi.

Nemis klubi «Rheinmetall» bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Mudofaa va texnologiya kompaniyalari guruhi «sport va ijtimoiy muhitda» Dortmundning hamkoriga aylanadi.

Hamkorlik 3 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, reklama maydonidan foydalanish, marketing huquqlari, shuningdek, stadion va klub maydonlarida tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.

Dortmundning «Borussiya» klubi 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finaliga tayyorgarlik ko‘rishda ilk bor Rheinmetall logotipidan foydalanadi.

Rheinmetall nemis konserni bo‘lib, Germaniya va Yevropadagi eng yirik harbiy texnika va qurol ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Shuningdek, u avtomobillar uchun butlovchi qismlar ham ishlab chiqaradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter