«Yuventus» Osimxenga muqobil variant topdi

«Strasburg» hujumchisi Emanuel Emega «Yuventus» e’tiboriga tushib qoldi. 22 yoshli futbolchi «keksa sinyora» rahbariyati tomonidan «Napoli» vakili Viktor Osimxenga muqobil sifatida ko‘rilmoqda, deya xabar bermoqda taniqli insayder Janluka di Marsio.

Turin grandining yangi bosh direktori Damyen Komolli niderlandiyalik hujumchini yaxshi biladi, ammo hozircha aniq muzokaralar olib borilmayapti.

Emanuel Emega «Strasburg» safida Liga1da 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 25 mln yevroga baholagan futbolchiga «Chelsi» ham qiziqish bildirayotgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter