Klopp «RB Leypsig»ning yangi murabbiyi bilan 10 soat suhbatlashgan

Iyun oyi oxirida «RB Leypsig» Ole Verner jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi. Bild nashri xabariga ko‘ra, «Red Bull» futbol bo‘limi boshlig‘i Yurgen Klopp va «RB Leypsig» sport direktori Marsel Shefer Verner bilan deyarli 10 soat suhbatlashgan.

Klopp va Shefer Verner bilan klubning 2025/2026 yilgi mavsum uchun taktik qarashlarini muhokama qilishdi. Muhokamada «RB Leypsig» chuqur mudofaa bloklarini buzishga mo‘ljallangan pressing va dominant o‘yin uslubini qayta tiklashi kerakligi haqida so‘z bordi.

O‘tgan mavsumda «RB Leypsig» Germaniya chempionatida yettinchi o‘rinni egallagan edi. Natijada jamoa yevrokuboklarga chiqa olmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter