Klopp: «Angliyada hech kim kvadrupl sohibini ko‘rishni xohlamaydi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp yana jamoa jadvalidan nolidi.

«Bu mamlakatda hech kim kvadrupl sohibini ko‘rishni xohlamaydi. Shu sababli Angliya kubogining navbatdagi bosqichi Liga Kubogining finalidan keyingi uchinchi kunga rejalashtirilgan.

Chorshanba kuni o‘yinga kimni olib kelishimizni bilmayman», – dedi Klopp.

25 fevral, yakshanba kuni «Liverpul» Angliya liga kubogi finalida «Chelsi»ni mag‘lub etdi (1:0).

28 fevral, chorshanba kuni Klopp shogirdlari Angliya kubogi 1/8 finalida «Sautgempton»ni qabul qiladi.

Premyer-ligada «mersisaydliklar» peshqadamlik qilmoqda va «Manchester Siti»dan 1 ochkoga oldinda.

Yevropa ligasining 1/8 finalida Praganing «Sparta» jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter