Allegri: «Futbolda imkonsiz narsa yo‘q»

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaning Italiya chempionatidagi g‘alaba uchun kurashi haqida fikr bildirdi.

“Futbolda imkonsiz narsa yo‘q. Biz g‘ayrioddiy narsaga qodir ekanligimizga, imkonsiz narsani imkonga aylantira olishimizga ishonishimiz kerak. Biz qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak va agar kimdir bizdan o‘zib ketsa, uning qo‘lini silkitib, sa’y-harakatlarini olqishlash qoladi.

300-g‘alabamga erishganimdan xursandman. Men o‘zimni juda omadli deb bilaman, chunki men ko‘zga ko‘ringan futbolchilar bilan ishlaganman, ularni tomosha qilish juda yoqimli edi», – deya Allegri so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter