Feliks «Benfika»ga qaytmoqchi

«Benfika» yarim himoyachi Joau Feliksni qaytarishga qarshi emas.

Lissabon klubi 25 yoshli «Chelsi» va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi uchun taxminan 30 million yevro taklif qilishga tayyor, ammo o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini «Milan»da ijarada o‘tkazgan futbolchining yuqori maoshi to‘siq bo‘lishi mumkin.

Feliksning o‘zi «burgutlar»ga qaytishni istayotganini tan oldi: «Benfika» mening uyim, bir kun kelib men qaytaman. Bu hozir yoki bir necha yil ichida sodir bo‘ladimi, bilmayman. Agar hozir bo‘lsa, men baxtli bo‘laman», degan edi u.

O‘tgan mavsumda «Chelsi» va «Milan» safida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushgan yarim himoyachi 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter