Niko Uilyams Yamal hafsalasini pir qildi

«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal Bilbaoning «Atletik» klubi vingeri Niko Uilyamsning transferi muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan xafa bo‘ldi.

Kataloniya grandi rahbariyati yaqin kunlarda 22 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashni yakunlashni maqsad qilgan va ko‘plab OAV manbalari bu transferni deyarli muqarrar deb hisoblashgan, ammo yakunda ispaniyalik futbolchi «Atletik» bilan 2035 yilgacha yangi shartnoma imzoladi.

Diario AS xabariga ko‘ra, Yamal Uilyamsning «Barselona»ga o‘tmaslik qaroridan juda xafa bo‘lgan. 17 yoshli vunderkind do‘sti bilan bir klubda o‘ynashni orzu qilgandi.

Niko Uilyamsni 58 million yevroga sotib olish mumkin edi. Futbolchining yangi shartnomasida ancha jiddiyroq sotib olish bandi bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter