«Atletik Bilbao» «Barselona»dan qiziqish fonida Niko Uilyamsga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Bilbaoning «Atletik» klubi hujumchisi Niko Uilyams borasida bir qarorga keldi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, top-klublarning qiziqishi fonida basklar futbolchiga maoshi oshirilgan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Klub, shuningdek, Uilyamsning amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli miqdorini ham oshirmoqchi. Eslatib o‘tamiz, Uilyamsni hozirda 60 million yevroga sotib olish mumkin.

Nikoga qiziqish bildirayotgan jamoalar orasida «Barselona» ham bor. Shuningdek, Angliya Premyer-ligasi klublari Ispaniya terma jamoasi futbolchisini faol kuzatib borishmoqda.

Niko Ispaniya chempionatining so‘nggi mavsumida 5 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter