«Inter»da favqulodda yig‘ilish o‘tkazildi
«Inter» KO‘JCH 1/8 finalidan o‘rin olgan «Fluminense»ga (0:2) qarshi o‘yindan so‘ng hujumchi Lautaro Martines va yarim himoyachi Hakan Chalxano‘g‘li o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro ortidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.
Argentinalik futbolchi o‘z intervyusida klubdan norozi bo‘lgan futbolchilar ketishi mumkinligiga ishora qilgan bo‘lsa, turkiyalik xavbek ijtimoiy tarmoqlarda klubdan hech qachon norozi bo‘lmaganini aytdi.
Jamoa faxriylari yarashishga chaqirdi, murabbiy Kristian Kivuning qarori jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/