«Yuventus» darvozaboni qahramonlik ko‘rsatdi, ammo…

«Yuventus» darvozaboni Mikele di Gregorio o‘yinni ajoyib o‘tkazdi, ammo baribir «Real»ning g‘alabasiga to‘sqinlik qila olmadi (0:1).

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalidagi o‘yin taqdirini 54-daqiqada Gonsalo Garsiya boshi bilan gol urgan holda hal qildi. «Qaymoqranglilar» 21 ta zarba yo‘llagan bo‘lsa, ulardan 11 tasi aniq chiqdi, 10 ta vaziyatda di Gregorio «byankonerilar»ni goldan qutqarib qoldi. Turinliklar atigi ikki bor raqib darvozasi tomon zarba yo‘llashdi – har ikkisini ham Tibo Kurtua qaytardi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter