«Yuventus» darvozaboniga ikki klub qiziqish bildirmoqda

Darvozabon Voysex Shesnining «Yuventus»dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.

Yaqinda OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Byankoneri»ning yangi bosh murabbiyi o‘z jamoasida tajribali polyakni ko‘rmayapti – u turinliklar «Monsa» sotib olmoqchi bo‘lgan Mikele di Gregorioga ishonishni rejalashtirmoqda. Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, Shesniga nomi oshkor etilmagan ikkita xorij klubi allaqachon qiziqish bildirgan, biroq 34 yoshli futbolchining o‘zi hamon shartnomasi muddati tugaydigan 2025 yilgacha “Yuventus”da qolishga umid qilmoqda.

O‘tgan mavsumda Voysex Shesni “keksa sinyora” safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter