WBA yangi reytingida 3 ta bokschimiz tengsiz

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) iyun oyi yakuniga ko‘ra, professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu jadvaldan mamlakatimizning 8 ta bokschisi joy oldi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, birinchi yarim yengil vazndagi Murodjon Ahmadaliyev vaqtinchalik chempion deya e’tirof etildi.

Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vazn toifasida hamda Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta vaznda o‘tgan oydagi kabi birinchi o‘rinda qoldi.

Otabek Xolmatov yarim yengil vaznda uchinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Isroil Madrimov super yarim o‘rta vazn toifasida kuchli beshlikni yakunlab berdi.

Shuningdek, minimal vazn toifasida jang qiladigan Hasanboy Do‘smatov va birinchi yarim yengil vaznda Muhammad Shexov 9, Sirochbek Ismoilov yengil vaznda 12-o‘rinda qayd etildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter