Rasman: Murodjon Ahmadaliyevning Kevin Gonsalesga qarshi jangi sanasi va jang manzili aniq bo‘ldi

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev Kevin Gonsalesga qarshi ringga ko‘tariladi.

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va meksikalik Kevin Gonsales o‘rtasida birinchi yarim yengil vazn toifasida eliminator jangi uchun buyruq berdi.

Jang 16 dekabr kuni AQSHning Arizona shtatida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, WBA yo‘nalishida sobiq chempion Murodjon Ahmadaliyev ayni damda ushbu tashkilot reytingida birinchi o‘rinda, Gonsales esa ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Murodjon faoliyati davomida 12 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan. O‘zbekistonlik bokschi aprel oyida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchrab, WBA va IBF kamarlarini boy bergandi.

Kevin Gonsales esa prof boksda 26 ta jang o‘tkazib, 25 tasida g‘alaba qozongan. Bitta jangda esa durang natija qayd etilgan.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter