«Chelsi» va «Manchester Yunayted» bir darvozabonga qiziqmoqda

«Nissa» darvozaboni Marsin Bulka Fransiya 1-ligasidan unga ikki top-klub qiziqish bildirayotgan Angliya chempionatiga o‘tishi mumkin.

Caught Offside jurnalistlarining yozishicha, 25 yoshli polshalik darvozabon uchun “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari kurash olib boradi. Fransiya tomoni o‘z navbatida futbolchini 20-25 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Marsin fransuz jamoasining 40ta o‘yinida qatnashgan va shulardan sakkiztasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter