«Ayntraxt» o‘z futbolchisini «Chelsi»ga 100 million yevroga sotmoqchi
«Chelsi» Yugo Ekitikeni sotib olmoqchi.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, «Ayntraxt» hujumchisi «ko‘klar»da qiziqish uyg‘otdi va ular tayyor tarkib bilan mavsumoldi mashg‘ulotlarini boshlash uchun transfer muammolarini imkon qadar tezroq hal qilishga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, frankfurtliklar o‘z to‘purarini 100 million yevroga baholamoqda, biroq shartnoma tuzilmasini muhokama qilishga tayyor.
Ekitike joriy mavsumda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/