«Lion» atrofida moliyaviy mojaro avj oldi
«Lion» atrofida moliyaviy mojaro avj oldi: uch investor – milliarder Jeymi Dinan, Aleksandr Knaster va Edvard Eysler klub egasi Jon Tekstorni sudga berish bilan tahdid qilishdi, deb xabar bermoqda Financial Times.
Bunga sabab “Lion”ning moliyaviy ahvolining yomonlashgani va Liga 2ga tushib ketgani bo‘lgan, bu esa investorlarning fikricha, 2022-yilda klubni sotib olishda erishilgan kelishuvlarni buzadi.
Dinan va uning sheriklari Tekstordan bir hafta ichida 93 million dollarlik aksiyalarini sotib olishni talab qilishmoqda. Tekstor da’voni olganini tasdiqladi, lekin uning qonuniy asosliligini rad etdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/