Rasman! Blan iste’foga chiqarildi
Loran Blan endi “Lion” bosh murabbiyi emas. Klubning rasmiy saytida aytilishicha, klub va 57 yoshli mutaxassis o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilgan.
Blan boshchiligida “Lion” yangi Fransiya chempionatini yomon boshladi. Jamoa to‘rtta turda faqat bitta ochkoni qo‘lga kirita oldi. “Lion” Liga 1 turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
«Lion» Blanga qilgan ishi uchun minnatdorchilik bildirdi va kelgusi faoliyatida omad tiladi.
“Lion” Fransiya chempionatining navbatdagi o‘yinini 17 sentyabr, yakshanba kuni o‘z maydonida “Gavr”ga qarshi o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/