Vinisius: «Butun faoliyatimdagi eng yaxshi o‘yinlardan biri bo‘ldi»
Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior “Red Bull Zalsburg”ga (3:0) qarshi o‘yin haqida gapirdi.
40-daqiqada braziliyalik futbolchi o‘zi gol urdi, birozdan keyin esa yarim himoyachi Federiko Valverdega tovoni bilan assistentlik qildi.
«Mening harakatlarim? Butun faoliyatimdagi eng yaxshi o‘yinlardan biri bo‘ldi, bu ajoyib edi. Hozir hamma menga klub afsonasi Gutining o‘sha pasini takrorlaganimni aytishmoqda», – deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/