Vinisius mashg‘ulotlarga qaytdi
«Real» vingeri Vinisius Junior «Atletiko»ga qarshi o‘yin oldidan olgan jarohatini davolab safga qaytdi. Jurnalist Melchor Ruizning xabariga ko‘ra, braziliyalik «qirollik klubi»ning bugungi mashg‘ulotida ishtirok etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Vinisius Ispaniya La ligasining navbatdagi turi markaziy o‘yinida «Jirona»ga qarshi maydonga tushish uchun yaxshi imkoniyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq markaziy himoyachi Nacho Fernandes “Jirona”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Yana bir markaziy himoyachi Antonio Ryudiger ham “Atletiko”ga qarshi o‘yinni son jarohati tufayli o‘tkazib yuborganligi sabab shubha ostida.
Vinisius joriy mavsum La Ligada 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/