Anchelotti Vinisius haqida gapirdi

Anchelotti Vinisius haqida gapirdi

Baho: + | –

YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar Rukn: Yangiliklar A A A

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa vingeri Vinisius Junior UEFA talqini bo‘yicha eng yaxshi futbolchilari o‘ntaligiga kiritilmagani haqida gapirdi.

«Vinisius UEFA talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi emasmi? Menga ham, Vinisiusning o‘ziga ham bu qiziq emas. Men uchun u hozir dunyodagi eng yaxshisi. Vinisius buni biladi va tez orada maydondagi o‘yin bilan hammasini ko‘rsatadi», – dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Vinisius o‘tgan mavsumda La Ligada 10 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasida ham 7 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter