Vaskes: «Zalsburg» yaxshi shakllangan jamoa»

«Real»ning o‘ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes bo‘lajak raqibi Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» klubi haqida fikr bildirdi.

Jamoalarning o‘yini juma kuni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 3-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.

«Bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Biz Chempionlar ligasida allaqachon «Red Bull Zalsburg» bilan to‘qnash kelganmiz. Bu biz uchun yaxshi sinov. Albatta, maydonga g‘alaba qozonish niyatida chiqamiz», – dedi Vaskes.

«Qaymoqranglilar» va «qizil buqalar» yuzma-yuz o‘yin oldidan to‘rtdan ochkoga ega. Guruhning parallel o‘yinida “Al-Hilol” va “Pachuka” to‘qnash keladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter