Lukas Vaskes «Manchester Siti»ni mehmonda mag‘lub etishga ishonmoqda

Madridning “Real” klubi himoyachisi Lukas Vaskes UEFA Chempionlar ligasining chorak final bosqichida “Manchester Siti”ga qarshi javob uchrashuvi haqida gapirdi.

Birinchi uchrashuvda 3:3 hisobida durang qayd etilgandi.

«Biz maydonga «Manchester Siti»ni mag‘lub etish uchun juda katta ishtiyoq bilan chiqamiz. «Real» Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istaydi», – dedi Vaskes.

Javob o‘yini 17 aprel kuni Angliyada bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter