Lukas Vaskes: «Albatta, men «Real»da qolishni istardim»

«Real» himoyachisi Lukas Vaskes Madrid klubi bilan hamkorlikni davom ettirishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Real»da o‘ynash bolaligimdan orzu qilganman. Madrid mening uyim. Albatta, shartnomani uzaytirib, yana bir necha mavsum shu yerda qolmoqchiman», — deya Vaskesning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Vaskes 2007 yildan beri «Real Madrid» tizimida o‘ynamoqda. Ispaniyalik futbolchi “Los-Blankos” bilan 17 ta sovrin, jumladan, 4 ta Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.

Joriy mavsumda Vaskes «Real» safida barcha musobaqalarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter