Kan Noyerni muhokama qilish chog‘ida Ronalduni namuna sifatida ko‘rsatdi
Mashhur sobiq darvozabon Oliver Kan Manuel Noyerning «Bavariya»dagi holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Myunxenliklar jamoasining 39 yoshli sardori klubda kamida yana bir mavsum o‘tkazadi – fevral oyida u shartnomasini 2026 yilning o‘rtalariga qadar uzaytirdi.
«Noyer jarohatlarga tobora ko‘proq moyil bo‘lib bormoqda, ammo u hali ham o‘zini ko‘rsata oladi. Uning yoshida uchta musobaqada butun mavsum o‘ynash juda qiyin. Qaysidir nuqtada siz o‘zingizning tabiiy chegarangizga erishasiz. Manuel endi hech kimga hech narsani isbotlashi shart emas, endi uning vazifasi asosiy uchrashuvlarga optimal formada yondashish» – dedi Kan.
«Menimcha, Noyer vaziyatni o‘zi baholash uchun yetarlicha tajribaga ega. Uni nima undayotganini bilmayman. Millatlar ligasida Krishtianu Ronalduni kuzatib, o‘zimga savol berdim: «Uni bu yoshda o‘ynashga nima undadi? Gap g‘alabalar va rekordlar haqidami?» Har kim o‘z rag‘batini topadi» – dedi Kan SportBild nashriga bergan intervyusida.
Manuel Noyer 2011 yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib keladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/