Kan Noyerni maqtadi
Oliver Kan Yevro-2024 oldidan darvozabon Manuel Noyerning formasi haqida gapirdi.
«Mavsum tugagandan so‘ng darhol yana maydonga tushishi Manuel uchun yaxshi bo‘lsa kerak. U darhol diqqatini keyingi maqsadga qaratishi mumkin. Aks holda, yaqinda qilgan xatolari uning xotirasida uzoqroq saqlanib, ular haqida o‘ylashda davom etardi.
Har doim ikkita jihat bor. Birinchisi, aniq faktlar: hozirda Manueldan ham yaxshiroq statistikaga ega darvozabonlar bor. Ikkinchisi – psixologik omil, Manuelning raqiblari va o‘z jamoasiga ta’siri hali ham juda katta.
Shu bois, u Yevroda yaxshi o‘ynay oladi deb taxmin qilishim mumkin», – deydi “Bavariya” va Germaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/