«Napoli» Osimxenga o‘rinbosar topdi

Braziliya terma jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jezus faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda ANSA jurnalistlari.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga «Napoli» qiziqish bildirmoqda. Neapol top-klubi Jezusni nigeriyalik Viktor Osimxenga muqobil sifatida ko‘rmoqda.

Angliya chempionatining joriy mavsumida Jezus beshta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. Braziliyalik futbolchining «kanonirlar» bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Futbolchining transfer qiymati 75 million yevroni tashkil etadi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter