«Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi Osimxenga maslahat berdi

«Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikel hamyurti Viktor Osimxenga «Stemford Brij»ga o‘tishni maslahat berdi.

Eslatib o‘tamiz, «Napoli» hujumchisi yaqin kelajakda o‘z klubini o‘zgartirmoqchi. Nigeriyalikning neapolliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.

«Osimhen kuchli xarakterga ega. Kiyinish xonasida bunday odamlarni darhol his qilasiz. Didye Drogbada ham xuddi shunday fazilatlar bor edi. Men Osimxenga «Chelsi»ga borishni maslahat bergan bo‘lardim», dedi Obi Mikel.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter