«PSJ» sardori Luis Enrike haqida fikr bildirdi
«PSJ» himoyachisi Markinyos klublar o‘rtasidagi jahon chempionati – 2025 musobaqasini muvaffaqiyatli boshlagan jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike haqida fikr bildirdi.
Dastlabki o‘yinda parijliklar Ispaniyaning «Atletiko» jamoasini yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
«Enrike har doim bizni rag‘batlantiradi, hatto hammasi juda yaxshi ketayotgan bo‘lsa ham. U jamoani rag‘batlantirishni juda yaxshi biladi. Biz ishning barcha dinamikasiga rioya qilamiz. Jamoa qanday mashg‘ulot o‘tkazish, qanday o‘ynash kerakligini juda yaxshi biladi,» – deya braziliyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi AS.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi bahsida Parij grandi Braziliyaning «Botafogo» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/