Luis Enrike: «PSJ» mavsumdagi eng yaxshi taymlaridan birini o‘tkazdi»

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionati doirasidagi «Lill»ga qarshi o‘yinda ishonchli g‘alabaga erishilgani haqida gapirdi. Unda parijliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«PSJ» mavsumning eng yaxshi birinchi taymini o‘tkazdi. «Lill»dek kuchli raqibga qarshi 4 ta gol va yana ko‘plab vaziyatlar. Bu o‘yin bizning hozirgi darajamizni ko‘rsatadi. Endi Chempionlar ligasiga o‘tamiz. Oldinda bizni «Liverpul»ga qarshi ikkita o‘yin kutmoqda. Biz tiklanishimiz kerak,» – deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi L’Equipe.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter