«Barselona» futbolchisiga Bundesliga klublari qiziqish bildirmoqda

«Barselona» yarim himoyachisi Noa Darvix Bundesliganing nufuzli klublari e’tiboriga tushib qoldi.

«Ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida 18 yoshli futbolchiga umid qilmoqda, ammo u allaqachon nemis klublaridan bir nechta taklif olgan. Sport xabariga ko‘ra, Darvix o‘yin amaliyoti yo‘qligidan norozi, shuning uchun u ketish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. «Barselona» kelishuvga birinchi navbatda qayta sotib olish huquqini kiritishga harakat qiladi.

Manbaga ishonadigan bo‘lsak, futbolchiga Dortmundning «Borussiya,» «Shtutgart» va Bundesliganing boshqa vakillari da’vogarlik qilmoqda. Transfermarkt portali hujumkor yarim himoyachining narxini 2 mln yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter