A Seriya top-klubi Nunyes bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshladi
«Napoli» «Liverpul» hujumchisi Darvin Nunyesning transferini amalga oshirishga qat’iy bel bog‘lagan.
«Qizillar» joriy yozda urugvaylik bilan xayrlashishga tayyor va aynan Italiya chempioni so‘nggi kunlarda futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda. Insayder Fabrisio Romanoning yangilangan ma’lumotiga ko‘ra, neapolliklar transfer ustida jiddiy ish boshlagan: klub telefon orqali muloqotdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aniq muzokaralarga o‘tgan.
Darvin Nunyes Saudiya Arabistoni chempionati vakillariga ham qiziq. Transfermarkt ekspertlari mersisaydliklarning 25 yoshli forvardini 45 mln yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/