Nunyesning «Liverpul»dagi kelajagi ma’lum

«Liverpul» hujumchisi Darvin Nunyes yozgi transferlar davrida sotib yuboriladi.

Bir necha bor xabar qilinganidek, yanvar oyida urugvaylik futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirgandi. «Qizillar» foydali taklif olishdi, ammo mavsumning eng qizg‘in pallasida Arne Slot uni sotib yuborishni istamadi. Shunga qaramay, AnfieldIndex xabariga ko‘ra, Nunyesning «Liverpul»dagi keyingi taqdiri deyarli hal bo‘lgan – u baribir kelasi yozda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tadi. Mersisaydliklar mavsumlar oralig‘ida forvardni ushlab turmaydi.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Darvin Nunyesning narxi 65 mln yevroga teng. Futbolchi joriy mavsumda 35 ta o‘yinda 6 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter