Darvin Nunyes La Liga grandiga javob qaytardi
«Liverpul» hujumchisi Darvin Nunyes Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishga tayyor.
«Matraschilar» urugvaylik futbolchiga Italiyaning «Napoli» va Saudiya Arabistoni chempionati klublari qatorida asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. El Larugero xabariga ko‘ra, «Atletiko» vakillari allaqachon Nunyes bilan bog‘langan – futbolchi transferdan xursand bo‘lishini bildirgan. Hujumchining roziligi olindi, endi madridliklar «Liverpul» bilan transfer shartlari bo‘yicha kelishib olishi kerak.
Darvin Nunyesning Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, narxi 50 mln yevroga teng. Iyun oyi oxirida «qizillar» futbolchisi 26 yoshni qarshi oladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/