«Vulverxempton» La Ligadan hujumkor futbolchi olib kelishga yaqin

Angliyaning «Vulverxempton» klubi «Selta»ning hujumkor yarim himoyachisi Fer Lopesning transferini yakunlashga yaqin turibdi.

Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, klublar kelishuv shartlari bo‘yicha yakuniy muzokaralarni olib bormoqda.

21 yoshli futbolchi allaqachon Premyer-ligaga o‘tishga rozi bo‘lgan – uning «bo‘rilar» bilan bo‘lajak shartnomasida Vigodagi hozirgi sharoitiga nisbatan maoshi uch baravar ko‘payadi.

«Bo‘rilar» transfer summasini bosqichma-bosqich to‘lashlari uchun 25 millionga rozi bo‘lishlari talab etiladi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter