«Vulverxempton»ning janubiy koreyalik futbolchisi «Komo»ga qarshi o‘yinda irqchilikka duch keldi
«Vulverxempton» «Komo» bilan o‘rtoqlik o‘yini borasida UYEFAga irqchilik yuzasidan shikoyat qiladi.
«Vulverxempton»ning janubiy koreyaning hujumchisi Xvan Xi Chan dushanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yini chog‘ida irqchilik ruhidagi haqoratlarga duch keldi, deya xabar bermoqda The Telegraph nashri. U ikkinchi bo‘limning o‘rtasida sodir bo‘lgan voqea haqida xabar berib, «Vulverxempton» futbolchilarini g‘azablantirdi. Yarim himoyachi Daniel Podens «Komo» futbolchilaridan biriga zarba berdi, buning uchun u maydondan chetlatildi.
«Bo‘rilar» bosh murabbiyi Gari O’Nilning so‘zlariga ko‘ra, Xvan Xi Chan almashtirish yoki o‘yinni to‘xtatishni so‘ramagan.
«Irqchilik yoki kamsitish har qanday shaklda mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas va hech qachon jazosiz qolmasligi kerak. Voqea yuzasidan UYEFAga rasman shikoyat qilamiz», – deyiladi Premyer-liga klubi bayonotida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/