Simeone «Atletiko»da yana bir jahon chempionini ko‘rmoqchi

«Benfika» markaziy himoyachisi Nikolas Otamendi Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishi mumkin.

37 yoshli futbolchining Portugaliya klubi bilan shartnomasi shu oyning oxirida yakuniga yetadi. CNN Portugal xabariga ko‘ra, «matraschilar» argentinalikni o‘z safiga chorlashga tayyor. Jahon chempioni bilan shartnoma imzolashga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone qiziqish bildirmoqda, u tajribali markaziy himoyachi bo‘lajak mavsumda madridliklarga foyda keltira olishiga ishonmoqda.

Nikolas Otamendi «Benfika» safida 2020 yildan buyon to‘p tepib kelayotgandi. Bungacha futbolchi «Manchester Siti,» «Portu» va «Valensiya» sharafini himoya qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter